Xalqaro hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

✅Ayni kunlarda Qaşqadaryo viloyati hokimi örinbosari O. Amanov boşçiligidagi delegatsiya amaliy taşrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bölib turibdi.
🌐Taşrif doirasida delegatsiya a’zolari Şinjon Qişloq xöjaligi fanlari akademiyasida bölib, ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bağişlangan rasmiy uçraşuv ötkazdilar.
👥Muloqot çöğida tomonlar quyidagi ustuvor yönalişlar böyiça kelişuvga erişdilar:
🟢agrar innovatsiyalar: iqlim özgarışlariga çidamli navlar yaratış va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş;
🟢kadrlar tayyorlaş: mutaxassislar va tadqiqotçilar uçun zamonaviy laboratoriyalarda amaliyot ötaşni yölga qöyiş;
🟢qöşma loyihalar: xalqaro grantlar doirasida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş;
🟢yoş olimlar almaşinuvi: iqtidorli tadqiqotçilarning özaro malaka oşiriş va stajirovka dasturlarini taşkil etiş.
🤝 Erişilgan kelişuvlar qişloq xöjaligini ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantiriş hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş yölida muhim qadam böldi.

Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati

Прокрутить вверх