Ğallaçilik: Fermerlari uçun amaliy dala seminari ötkazildi

📌 Viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi hamda Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida Koson va Muborak tumanlaridagi ğallaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari rahbarlari uçun navbatdagi dala seminari taşkil etildi.
Viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari J. Abdinazarov va institut direktori örinbosari Z. Ziyadullayev iştirokida ötgan tadbirda tuman qişloq xöjaligi bölimlari vakillari, agrar soha mutaxassislari hamda fermerlar qatnaşdi.
🌐Seminardan közlangan asosiy maqsad — fermerlarning ilmiy-amaliy bilimlarini boyitiş, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etiş orqali ğalla hosildorligi va don sifatini oşirişdan iborat.
👥Muloqot davomida ğalla parvarişidagi eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri — ösimlikni bargdan oziqlantiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan quyidagi yönalişlarda batafsil tuşuntiriş va amaliy tavsiyalar berildi:
✅bargdan oziqlantirişning ğalla rivoji va yakuniy hosildorlikka ijobiy ta’siri;
✅oziqlantiriş muddatlarini ösimlikning rivojlaniş bosqiçlariga mos ravişda töğri belgilaş;
✅qöllaniladigan mineral va mikroöğit turlari, ularning me’yori hamda işçi eritmani tayyorlaş tartibi;
✅agrotexnik tadbirlarni dala şaroitida tizimli va samarali taşkil etiş usullari.
💠Iştirokçilar bevosita dala şaroitida amaliy jarayonlar bilan tanişib, özlarini qiziqtirgan barça savollarga olim va mutaxassislardan atrofliça javob oldilar.
Seminar yakunida barça fermerlarga agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli ötkazişda kömaklaşuvçi maxsus amaliy qöllanma va tavsiyalar jamlangan tarqatma materiallar topşirildi.

Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati

Прокрутить вверх