
📌Joriy yil kuz oylarida havo haroratining odatdagidan salqin kelişi, ayniqsa, tungi haroratning keskin pasayişi kuzgi boşoqli don ekinlari uruğlarining unib çiqişi, nihollarning ösişi va rivojlanişiga muayyan darajada taʼsir körsatmoqda.
✔️Maʼlumki, kuzgi buğdoy uruğlarining töliq unib çiqişi uçun 120–140 daraja foydali harorat yiğindisi talab etiladi. Kuzatuvlarga köra, joriy yilning 18-oktabr kuni ekilib, suğorilgan buğdoy uruğlari 4-noyabr kuni, yaʼni 18 kun içida unib çiqqan. Bu esa ötgan yillarga nisbatan uruğlarning unib çiqişi 5–7 kunga keçikayotganini körsatadi.
🇺🇿 Respublikaning janubiy, şimoliy, markaziy hududlari hamda Farğona vodiysidagi tuproq-iqlim şaroitlarini inobatga olgan holda, noyabr-dekabr oylarida kuzatiladigan salqin ob-havo şaroitida ğalla maydonlarida ösimliklarning oziqlanişi va namlik bilan taʼminlanişiga alohida eʼtibor qaratiş lozim.
❗️Xususan, tuproqdagi haroratning pasayişi, namlik tanqisligi va azot yetişmovçiligi natijasida buğdoy nihollari sarğayişi, sovuq va qurğoqçilik kabi stress omillarga çidamliligi pasayişi mumkin. Buning oqibatida ösimliklar yetarliça tuplanmasdan qişlovga kiradi. Mutaxassislar baholaşiga köra, tuplanmagan nihollarning 10–15 foizigaça qismi qişki sovuq taʼsirida nobud bölişi, bu esa don hosildorligining 15–20 foizgaça kamayişiga olib kelişi mumkin.
❓Noyabr oyida qanday agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş lozim?
➡️Kuzgi buğdoyning ösişi va rivojlanişi davom etayotgan, şuningdek, azot yetişmovçiligi sababli sarğayiş kuzatilayotgan maydonlarda azotli öğitlarni meʼyorida qöllaş muhim ahamiyatga ega. Tavsiyaga köra, bunday maydonlarni 100–150 kg/ga meʼyorda azotli öğitlar bilan oziqlantiriş yuqori samara beradi.
➡️Öz vaqtida berilgan azotli öğitlar buğdoyning ildiz tizimi rivojlanişini kuçaytiradi, tuplaniş böğinining şakllanişi va yiriklaşişiga ijobiy taʼsir körsatadi. Natijada ösimlikda qöşimça poyalar şakllanişi uçun qulay şaroit yaratiladi.
➡️Ösimliklarning noqulay ob-havo şaroitlariga çidamliligini oşiriş va oziqlaniş jarayonini qöllab-quvvatlaş maqsadida zaruratga qarab barg orqali biostimulyatorlar bilan işlov beriş tavsiya etiladi.
➡️Azotli öğitlar samaradorligini oşiriş uçun tuproqda namlik yetarli bölişi zarur. Namlik tanqisligi kuzatilgan maydonlarda imkoniyatdan kelib çiqib, şarbat usulida suğorişni taşkil etiş maqsadga muvofiq. Uşbu usul tuproqda namlikning uzoqroq saqlanişiga va mineral öğitlar samaradorligining oşişiga xizmat qiladi.
✅Mazkur agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida va töğri taşkil etilişi kuzgi buğdoyning ildiz tizimi hamda tuplaniş böğini rivojlanişini jadallaştiriş, qişlovga baquvvat nihollar bilan kirişini taʼminlaş va kelgusi yil hosildorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Tavsiyada keltirilişiça, şarbat usulida suğoriş kuzgi buğdoy don hosildorligini gektariga 6–8 sentnergaça oşiriş imkonini beradi.
🌿Uşbu ilmiy-amaliy tavsiyalar Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy işlar böyiça örinbosari, professor Zohidjon Ziyadullayev tomonidan işlab çiqilgan.


