


🌾Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot institutining «Donli ekinlar seleksiyasi laboratoriya»si tajriba maydonida CIMMYTdan keltirilgan qimmatli ğalla namunalari yuqori agrotexnik sifat bilan ekildi.
Tadqiqotlarning ilmiy aniqliğini ta’minlaş maqsadida har bir namuna maxsus tajriba sxemasi asosida randomizatsiya (tasodifiy joylaştiriş) usulida joylaştirildi. Ekiş işlari maxsus seleksion tajriba seyalkalarida amalga oşirilgani uruğlarning bir tekis unib çiqişini hamda kelgusida sinov natijalarini xolis va işonçli baholaşni kafolatlaydi.
Mazkur ilmiy tajribadan asosiy maqsad — qurg‘oqçilik, kasallik va zararkunandalarga çidamli, mamlakatimiz janubiy hududlari tuproq-iqlim şaroitiga mos yangi seleksiya namunalarini hamda serhosil ğalla navlarini yaratişdan iborat.
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati
👨💻Sayt🌐Telegram🌐Youtube🌐Instagram


