


Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti (JDITI) direktori Diyor Jurayev Xitoy Fanlar akademiyasining Şinjon ekologiya va geografiya instituti (XIEG) bilan ilmiy-texnik hamkorlik memorandumini imzoladi.
Hujjat Özbekiston va Xitoy örtasida ilm-fan, innovatsiya va qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga çiqaradi. Tomonlar ilğor ilmiy işlanmalar va zamonaviy texnologiyalar almaşinuvini kengaytiradi.
XIEG qurğoqçil hududlar ekologiyasi, suv resurslarini boşqariş, çöllanişga qarşi kuraş va biologik xilma-xillikni saqlaş yönalişlarida faoliyat yurituvçi nufuzli ilmiy markazlardan biri. Institutda ilmiy laboratoriyalar, çöl va voha ekotizimlarini tadqiq etuvçi markazlar, biologik xilma-xillikni muhofaza qiluvçi bölinmalar hamda dala kuzatuv stansiyalari faoliyat ko‘rsatadi.
Memorandum doirasida quyidagi yönalişlarda hamkorlik yölga qöyiladi:
- qurğoqçil va yarim qurğoqçil hududlarda iqlim özgarişiga moslaşgan dehqonçilik tizimlarini işlab çiqiş;
- tuproq degradatsiyasi, çöllaniş va eroziyaning oldini olişga qaratilgan tadqiqotlar;
- suv tejovçi va ekologik barqaror agrotexnologiyalarni takomillaştiriş;
- qurğoqçilik, yuqori harorat va şörlanişga çidamli ekinlarni örganiş, genetik resurslardan foydalaniş;
- genetik resurslarni saqlaş, biotexnologiya va zamonaviy seleksiya bö‘yiça tajriba almaşiş;
- yaylovlar degradatsiyasini kamaytiriş, çöl va adir hududlarida ösimlik qoplamini tiklaş;
- xalqaro loyihalar, qöşma tadqiqotlar, ilmiy ekspeditsiyalar va tajriba-sinov işlarini tashkil etiş;
- ilmiy xodimlar, yoş tadqiqotçilar va doktorantlar almaşinuvi hamda xalqaro nashrlarda qöşma maqolalar çop etiş.
Hamkorlik ayniqsa Qaşqadaryo viloyati uçun dolzarb. Suv tanqisligi, tuproq unumdorligining pasayişi, qurğoqçilik, yaylovlar degradatsiyasi va iqlim özgarişining qişloq xöjaligiga salbiy ta’sirini kamaytiriş bö‘yiça ilmiy yeçimlar işlab çiqiş nazarda tutilgan.
Xitoy olimlarining qurğoqçil hududlar ekotizimini örganiş va tabiiy resurslarni boşqariş bö‘yiça tajribasi JDITI tadqiqotlarining xalqaro salohiyatini oşiradi, yangi innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq qiliş imkonini kengaytiradi.
Asosiy kutilayotgan natija — Özbekistonning janubiy hududlari uçun ekologik barqaror, resurs tejamkor va iqlimga moslaşgan qişloq xöjaligi texnologiyalarini yaratiş, xalqaro grant dasturlari doirasida qöşma loyihalar şakllantiriş va ilmiy işlanmalarni işlab çiqarişga joriy etiş.
Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati


