Ayni kunlarda JDITI «Tuproqshunoslik va agrokimyoviy» laboratoriyasi ilmiy xodimlari aholi tomorqalarida tashkil etilgan issiqxonalarida bo`lishdi. U yerda yetishtirilayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olish va tuproq unumdorligini oshirish borasida tomorqachilar bilan suhbatlashib, foydali agrotavsiyalarni berib o`tishdi.


