Bugun Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida «Maishiy korrupsiya — kelajak zavoli» mavzusida davra suhbati bo’lib otdi.
Qarshi shahar 2-sonli IIB bosh inspektori, katta leytenant B. Husanov hamkorligida otkazilgan tadbirda institut xodimlari hamda doktorant, yosh tadqiqotchilar ham faol ishtirok etdi.

Tadbirni institut huquqshunosi J.Tursunov ochib berib, bugungi kunda jamiyat kushandasi — maishiy korrupsiya jinoyatining salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashda har bir fuqaroning masuliyati haqida batafsil so’z yuritdi.



Muloqot davomida Qarshi shahar IIB bosh inspektori, katta leytenant B. Husanov ishtirokchilarga maishiy korrupsion holatlarning turlari, unga qarshi kurash jarayonlari, qonunchilikda belgilangan ularga qarshi jazo choralari tog’risida tushunchalar berdi. Tadbir yakunida mutaxassis tomonidan taqdim etilgan mavzu doirasidagi foydali qo’llanma va bukletlar to`plami ishtirokchilarga tarqatildi.