O’ZBEKISTON VA POKISTON ILMIY HAMKORLIGI

Ayni kunlarda Pokiston Islom Respublikasining Faysalobod shahrida joylashgan G’allachilik ilmiy-tadqiqot institutida «Iqlim o’zgarishi va oziq-ovqat xavfsizligida g’allachilikning ahamiyati» mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tmoqda.

Mazkur xalqaro konferensiyada Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqoqt instituti direktori Oybek Amanov va Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Diyor Jo’rayevlar ishtirok etmoqda.

Olimlar issiqqa, sho’rga va qurg’oqchilikka chidamli g’allaning gibrid urug’larini yaratish, qo’shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish bo’yicha o’zaro muloqot olib bormoqda. Konferensiya doirasi memorandumlar imzolash va qo’shma loyihalarni amalga oshirish reja qilingan.

Mazkur xalqaro ilmiy anjuman 26-fevral kuni Pokiston poytaxti Islomobod shahrida davom etadi.

blank
Прокрутить вверх