Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan

Tezpishar nav.

Moshning o‘suv davri 65-70 kun.
Dukkaklari poyasining ustki qismida shakllanishi (25-30 dona) terim jarayonini yеngillashtiradi. Dukkaklarining birinchi terimi maysalarning paydo bo‘lgandan 55-57 kundan so‘ng amalga oshirish mumkin.
Urug‘ining biologik pishish davri 75 kun. Hosildorlik 23,0-24,0 s/ga (2 qatorli egatlarda ekilganda) tashkil etadi. 1000 urug‘ vazni- 55-56,6 g. Urug‘ida oqsil- 28-29,1% tashkil etadi. Urug‘lari rayonlashgan mosh navlariga nisbatan yirikroqdir.

Eksportbop nav.

Ekin almashlab ekishda sabzavot va g‘alla ekinlari bilan yaxshi uyg‘unlashadi. Tuproq unumdorligini yaxshilaydi. Bahorgi va yozgi ekish mavsumlarida ekishga yaroqli bo‘lib, yuqori hosil olish mumkin. Turli xil taomlar tayyorlashda foydalanish mumkin. O‘simlikning ko‘k massasi chorva uchun to‘yimli oziqa hisoblanadi.

Прокрутить вверх