2027-yilgi qabul uçun doktoranturaga kiriş imtihonlari bölib ötdi

🏢Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot institutida 2027-yil uçun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga tayanç doktorantura (PhD) izlanuvçilikka qabul jarayonlari doirasida 06.01.05 «Seleksiya va uruğçilik» hamda 06.01.08 «Ösimlikşunoslik» ixtisoslik yönalişlaridan kiriş sinovlari tashkil etildi.
Imtihon jarayonlari tasdiqlangan nizom talablari asosida, oçiq va şaffof tarzda tegişli ilmiy yönalişlar kesimida ötkazildi.
Sinovlar davomida talabgorlarning ilmiy-tadqiqot mavzulari böyiça taqdimotlari tinglanib, ularning nazariy bilimlari, ilmiy salohiyati hamda tadqiqot olib boriş metodologiyasini özlaştiriş darajasi atrofliça baholandi.
Imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan taqdim etilgan dissertatsiya mavzularining bugungi kundagi dolzarbligi, maqsad va vazifalarning aniq qöyilganligi, kutilayotgan ilmiy yangilik hamda tadqiqot natijalarining agrar soha rivojiga qöşadigan amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
📝Ta’kidlaş joizki, institutda yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş, iqtidorli yoş tadqiqotçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, şuningdek, ösimlikşunoslik hamda seleksiya va uruğçilik yönalişlarida ilmiy izlanişlar kölamini kengaytiriş ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Janubiy dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati

Прокрутить вверх