G’ALLACHILIKDA KECHIKTIRIB BO’LMAYDIGAN MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Bugun Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov raisligida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda Milliy markaz boshqaruv apparati xodimlari va videokonferens aloqa orqali tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari va AKISlar mas’ullari ishtirok etdi.

Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov joriy yilda respublikada kuz-qish oylari iqlimiy me’yordan biroz past bo’lgani (o‘tgan 2024-yilda noyabr oyida o‘rtacha kunlik harorat +7+9 0S, dekabr oyida -3-5 0S, bo‘lib, g‘alla tinim davrida bo‘ldi. 2025-yil yanvar oyida kechalari 1-chi o‘n kunlikda -1-4 sovuq, kunduzi +6+12, 2-o‘n kunligida kechalari +2+4, kunduz kunlari +8+16) kuzgi boshoqli don ekinlarini tinim davridan chiqib, o‘sishi va rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlab, hududlardagi holat va bu vaziyatga yechim sifatida olimlarning fikrlarini so’radi.

Yig’ilishda bevosita ishtirok etgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Oybek Amanov: «Janubiy hududlarda 2024-yilning oktabr va noyabr oylari iliq hamda seryog‘in kelganligi kuzgi boshoqli don ekinlarining o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Buning natijasida erta (sentabr) va optimal (oktabr) muddatda ekilgan, xatto sug‘orilmagan kuzgi boshoqli don ekinlari urug‘lari ham yog‘ingarchilik hisobiga to‘liq unib chiqib, 5-7 tagacha to‘liq tuplash, noyabr oyining 1-chi yarmida ekilgan maydonlarda esa maysalar 3-4 barg va tuplash davriga o‘tib, qishlovga kirdi. Kechki muddatda ekilgan maydonlarda kuzgi bug‘doy 1-2-barg holatda o‘tamoqda. Bu yilgi uzoq muddatli sovuq va qirovli kunlarning davomiyligi natijasida g‘alla maydonlarining rivojlanishiga ta’siri keng maydonlarda kuzatilmoqda.»- deb axborot berdi. Shu kabi holat respublikaning barcha mintaqalarida kuzatilayotganini Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ravshanbek Siddiqov va Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori o’rinbosari Zohid Ziyodullayevlar ham tasdiqladi.

Olimlar respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, yanvar oyida ob-havoning iliq bo‘lishi kuzatiladigan bo‘lsa, oziqlantirilmagan va sug‘orilmagan, tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan g‘alla maydonlaridagi maysalarda azot va namlik yetishmasligi oqibatida sarg‘ayib, barg va poyalarning o‘sishi sekinlashib, tuplash koeffitsiyentning kamayishiga olib kelmoqda deya o’z munosabatini bildirdi.
Fevral oyida kuzgi bug‘doy yetishtirishda rivojlanishiga qarab, har bir navlarning eng maqbul muddat va me’yorlarda oziqlantirish hamda sug‘orishga bo‘lgan talabi tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.

Shundan so’ng Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov tomonidan quyidagi:
Mintaqalarga mos bo’lgan agrotexnik tadbirlar tavsiyanomasini ishlab chiqish;
Olimlar ishtirokida respublika mintaqalari bo’ylab amaliy seminarlar tashkil etish;
Matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali tavsiyaviy harakterdagi video, infografik va matnli kontentlarni targ’ib qilish kabi vazifalar belgilab berildi.

blank
blank
Прокрутить вверх