G‘alla maydonlarida shira ko‘paymoqda – tezkor chora ko‘rish zarur!

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Oybek Amanovning xabar berishicha, shu kunlarda g‘alla maydonlarida shira keng tarqalmoqda.

Uning ta’kidlashicha, bu zararli hasharot ayniqsa bug‘doy maysalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, hosildorlikni 30-35% ga kamaytirishi mumkin. Shuningdek, don sifatining pasayishi ham muhim muammolardan biri hisoblanadi.

– G‘alla shirasi asosan tuplash fazasidan mum pishish davrigacha bo‘lgan davrda bug‘doyni zaiflashtirib, hosilning asosiy qismini yo‘qotishga sabab bo‘lishi mumkin. Agar unga qarshi o‘z vaqtida kurash choralari ko‘rilmasa, zarar miqdori ortib ketishi ehtimoli yuqori, – deydi mutaxassis.

Fermerlarga tezkorlik bilan quyidagi samarali kimyoviy vositalarni ishlatish tavsiya etilmoqda:
• Karaté 5% em.k. – 0,15-0,2 l/ga
• Decis 2,5% em.k. – 0,25 l/ga
• Nurel-D 55% em.k. – 0,5 l/ga
• Tsiperfos, Agrofos-D, Duet, Targil-D – 0,5 l/ga
• Sum-Alfa 20% em.k. – 0,07-0,08 l/ga

Bu preparatlar 200-300 litr ishchi eritma bilan birga qo‘llanishi lozim.

Tezkor chora ko‘ring!

Professorning ta’kidlashicha, g‘alla shirasi juda tez tarqaluvchi va zararli hasharot hisoblanadi. Shunday ekan, uning oldini olish va bug‘doy hosilini saqlab qolish uchun kimyoviy ishlov berishni kechiktirmaslik talab etiladi. Hosildorlikni yuqori saqlab qolishning yagona yo‘li – tezkor va samarali kurash choralarini ko‘rishdir!

Eslatma: suratlar professor Oybek Amanov tomonidan janubiy viloyatlardagi galla maydonlarida olingan.

blank
Прокрутить вверх