Nav mualliflari A A.Amanov, Z.Ziyadullaev, O.Abdullaev, navMelyanopus tur xiliga mansub, biologik kuzgi, qattiq bug‘doy, o‘suv davri 206-208 kun, o‘simlik bo‘yi 95-100 sm, 1000 ta don vazni 42-44 gramm, dondagi oqsil miqdori 15,8%, kleykovina miqdori 31,5%, hosildorligi 28-30 s/ga.
Nav sovuqqa, qurg‘oqchilikka, issiqlikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga va xashoratlarga chidamli. Ekish me’yori 2,0-2,5 mln. dona, ekish muddati xudud uchun tanlangan optimal muddat. Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining lalmikor mintaqalarida ekish uchun 2014 yildan Davlat reestriga kiritilgan.