Dukkakli don ekinlari genetikasi va seleksiyasi laboratoriyasi tomonidan olib borilgan hamda Xalqaro ICARDA tashkiloti va mahalliy sharoitda yaratilgan noʻxat nav va tizmalari oʻrtasida oddiy va murakkab duragaylash ishlari amalga oshirilmoqda. Amalda oshirilayotgan ilmiy tajribadan koʻzlangan asosiy maqsad Respublikamizning sugʻoriladigan va lalmikor maydonlar uchun tashqi muhitning noqulay omillariga bardoshli boʻlgan hosildor, oqsil miqdori yuqori, ertapishar nav va duragaylarini yaratishdan iboratdir.
Ilmiy xodim: Qayumov Norboy Shakirjonovich