JDITIDA YANA 4 NAFAR TADQIQOTCHI ILMIY DARAJAGA EGA BO`LDI
JDITIDA YANA 4 NAFAR TADQIQOTCHI ILMIY DARAJAGA EGA BO`LDI

JDITIDA YANA 4 NAFAR TADQIQOTCHI ILMIY DARAJAGA EGA BO`LDI

Joriy yilning 5-oktabr sanasi JDITI faoliyati davomida muhim tarixiy sana sifatida muhrlanadigan bo’ldi. Boisi, ushbu nufuzli ilm dargohidan uchirma bo’lgan to’rt nafar salohiyatli kadrlarning ilmiy martabasi yana bir pog’onaga yuksaldi. JDITI ning 4 nafar yosh tadqiqotchilari:
N. Boysunovning «Yumshoq bug’doy (Triticum aestivum)ning mahsuldor, don sifati yuqori nav va boshlang’ich manba yaratish hamda amaliy seleksiyaga tavsiya etish» mavzusidagi qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yoqlagan dissertatsiya ishi va

Zohid Bolqiyevning «Janubiy mintaqalar uchun qattiq bug’doy (Triticum durum) ning ertapishar, don hosildorligi va sifati yuqori bo’lgan navlarini yaratish» mavzusidagi qishloq xo’jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy ish himoyasi muvafaqqiyatli bo’lib o’tgan bo’lsa, Akmal Meyliyev qishloq xo’jaligi fanlari doktori hamda Mirzohid Rahimov PhD ilmiy darajasiga ega bo`ldi.