FARZAND KAMOLI OTA-ONA IQBOLI
FARZAND KAMOLI OTA-ONA IQBOLI

FARZAND KAMOLI OTA-ONA IQBOLI

Farzandlar kamolini, ular erishgan yutuqlarini ko‘rish har bir ota-ona va uning oila azolari uchun oliy baxt hisoblanadi. Agrar soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, ilmli ma’suliyatli, tashabbuskor yosh olimlarning mehnatini e’tirof etgan holda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati tomonidan “Farzand kamoli ota – ona iqboli” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda institutda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ilmiy xodimlarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari ishtirok etishdi. Dastlab, tadbir ishtirokchilari institut faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida muzey hamda laboratoriyalarni kozdan kechirishdi.
Tadbir songgida, ziyoli va yetuk insonlarni voyaga yetkazgan bir guruh nuroniy otaxon hamda munis onalarga institut tomonidan qimmatbaho esdalik sovgalari taqdim etildi.