Butunrossiya moyli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Ozbekiston Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda davom etmoqda. Ushbu markazga Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori O.Amanov, institut professori Amir Amanov va Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Shodiyor Xo
janazarovdan iborat delegatsiya tarif buyurdi. Faxriy mehmonlarni Butunrossiya moyli ekinlar ITI direktori vazifasini bajaruvchi qishloq xo`jaligi fanlari nomzodi Konstantin Georgiyevich Babloyev kutib oldi.
Tomonlar kungaboqar navlari va duragaylari, soya navlari, raps, moyli zigir, shuningdek, moyli ekinlarni yetishtirishning ekologik toza texnologiyalarini tanlash, O
zbekistonda moyli ekinlar geografiyasini kengaytirish va sinov ishlarini otkazish bo
yicha hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlarini muhokama qildilar.
Bu O`zbekiston vakillarining BMEITI ga ikkinchi tashrifidir. Iyul oyida Markazga Sirdaryo viloyati hokimi va Donli ekinlar ITI vakillaridan iborat katta delegatsiya tashrif buyurib, Butunrossiya moyli ekinlar ITI tomonidan soya yetishtirish va raps seleksiyasiga yuqori qiziqishlarini bildirishgan.