Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining dala-tajriba maydonida g‘o‘zani suv tejovchi texnologiyalar asosida sug‘orishning 3 xil usuli tajriba qilinyapti.Yuqoridagi videoda qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori Gʻulomjon Uzoqov tomchilatib sug‘orishda odatdagidek har bir qatordan emas, aksincha resurslarni tejash maqsadida qator oralatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llab ham janubiy mintaqalarda paxtadan mo‘l hosil etishtirish mumkinligi tadqiqotda o‘z isbotini topganligini ma’lum qilgan.