«NASAF» NAVI
«NASAF» NAVI

«NASAF» NAVI

Nasaf navi ertapishar bo‘lib, 200-206 kunda pishib yetiladi, o‘rta bo‘yli (100-105 sm), yotib qolishga chidamli.

Biologik kuzgi. Melyanopus tur xiliga mansub. Sovuqqa chidamliligi o‘rtacha, qurg‘oqchilikka chidamli, sariq va qo‘ng‘ir zang kasalligi bilan kasalligiga o‘ta chidamli.Chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli. 1000 dona don vazni 41-44 gr.

Don xajm og‘irligi 785 g/l

Dondagi oqsil miqdori 14,5%

Dondagi  kleykovina miqdori 32,2%

Yuqori agrotexnika sharoitida gektaridan o‘rtacha hosildorligi 55-60 sentnerni tashkil etadi.

Ekish me’yori: 1/ga 2.5 mln. dona, tog‘ oldi zonalari uchun 3.0 mln unuvchan urug‘ hisobida belgilanadi.

Sug‘orish: Nav suvsizlikka chidamli bo‘lib, o‘suv davrida 3-4 martagacha sug‘orish maqsadga muvofiq.

Ekish muddati: Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish tavsiya etilgan.

Oziqlantirish me’yori: Respublikada tavsiya etilgan oziqlantirish me’yori asosida tavsiya etiladi.

Nav mualliflari: A.Amanov, Z.Ziyadullaev, O. Amanov, Ram Sharma Chandra, D.Juraev, A.Meyliev, Sh. Hazratqulova