“KESH-2016” NAVI
“KESH-2016” NAVI

“KESH-2016” NAVI

Kesh-2016 navi o‘rtapishar bo‘lib, 202-212 kunda pishib yetiladi, uzun bo‘yli (105-114 sm), yotib qolishga chidamli. Biologik kuzgi. Erythrospermim tur xiliga mansub. Sovuqqa va issiqlikka chidamli. Sariq va qo‘ng‘ir zang kasalligiga o‘rtacha bardoshli. Chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli.

1000 dona don vazni 38,4-47,1 gr.

Don xajm og‘irligi 781 g/l

Dondagi oqsil miqdori 14,4%

Dondagi  kleykovina miqdori 28,9%

Yuqori agrotexnika sharoitida o‘rtacha hosildorligi 80– 90 sentnerni tashkil etadi.

Ekish me’yori: Urug‘ gektariga 4,0-4,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida. G‘o‘za qatoriga ekilganda urug‘ me’yorni 10-15 foiz oshirish kerak.

Sug‘orish: Nav suvsizlikka chidamli bo‘lib, o‘suv davrida 3-4 martagacha sug‘orish maqsadga muvofiq.

Ekish muddati: Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish tavsiya etilgan

Oziqlantirish me’yori: Tavsiya etilgan oziqlantirish me’yori asosida oziqlantirish (sof holda N-180, P-90, K-60 kg/ga) tavsiya etiladi

Nav mualliflari: A.Amanov, Z. Ziyadullaev, O. Amanov, R. Sharma, D. Jo‘raev, A.Meyliev, Sh.Dilmurodov, Sh.Amanov