Xandon pistani chaqishni hamma xush ko‘radi, ammo yetishtirish masalasida bunday deb bo‘lmaydi.
-Boisi xandon pista 10-15 yil davomida hosilga kiradi.
-Shu sababdan ko‘pchilik intensiv olma bog‘lari uchun sarmoya tikadi.
-Endi xandon pistadan ham 6-7 yilda hosil olish mumkin.
-Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari xandon pistaning hosilga kirish davrini qisqartirishga erishmoqda.
-Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Fakt 24» informatsion dasturida lavha namoyish etildi.
-Lavhani rasmiy telegram kanalimizda ham tamosha qilishingiz mumkin.