«Yashil makon» umummilliy loyihasi munosabati bilan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining markaziy texnopark maydonida hashar o’tkazildi. Jamoaviy hashar tadbirida institutning har bir xodimi faol ishtirok etdi. Uyushqoqlik bilan o’tkazilgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarida hududdagi ariqlar tozalanib, limonzordagi ko’chatlar hamda mevali daraxtlarga shakl berildi, shuningdek, hudud atrofida ekilgan yangi mevali va manzarali ko’chatlar esa oqlandi.