Qarshi tumani agromaydonida «Nath Bio-Genes» Xalqaro urug`chilik kompaniyasining mutaxassislari dr.Venkatesh Kulkarni, Roshanlal Suthar ishtirokida «Ozuqa ekinlarining yangi turlari va yetishtirish agrotexnologiyasi» mavzusida dala seminari tashkil etildi.Tadbirda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari,klaster va fermer-dehqonlar qatnashdi.Agrar sohadagi chorvachilik rivojida dolzarb bolgan ozuqa ekinlarini ko
paytirish, bu borasida qilinayotgan amaliy ishlar xususida mutaxassislar tomonidan atroflicha malumotlar berildi. Hamkorlik asosida xorijdan keltirilgan ozuqabop yangi ekin turlarini yurtimiz iqlimiga moslashtirish, uning dastlabki urugchiligini tashkil etish borasida qilingan sa
y-harakatlar oz natijasini berayotgani alohida ta
kidlab otildi, shuningdek institutning tajriba maydonida yetishtirilayotgan afrika tarig
i va uni ozuqa ekini sifatida yetishtirish agrotexnologiyasi haqida foydali tavsiyalar berildi.