Qishloq xo‘jaligi vaziri  Aziz Voitov Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir institut qoshida tashkil etilgan muzeyda bo‘lib, don va dukkakli hamda ozuqabop ekinlar navlaridan iborat eksponatlarni ko‘zdan kechirdi. Vazir A. Voitov institutda faoliyat ko‘rsatayotgan laboratoriyalardagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.Xususan, Genom va biotexnologiya laboratoriyasida yosh tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilayotgan ilmiy va innovasion loyihalar bilan qiziqdi. In vitro usulida pistaning bir nechta navi ustida olib borilatgan ilmiy tajribalar bo‘yicha yosh doktorantlar bilan samimiy suhbatlashdi. Agrar sohada dolzarb bo‘lgan resurs tejamkor va hosildor navlar yaratish borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.Shuningdek, vazir institutda yaqinda ishga tushirilgan non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sex faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.