JANUBIY DEHQONCHILIK ILMIY TADQIQOT INSTITUT UCHTA INNOVATSION LOYIHA G`OLIBLARI
JANUBIY DEHQONCHILIK ILMIY TADQIQOT INSTITUT UCHTA INNOVATSION LOYIHA G`OLIBLARI

JANUBIY DEHQONCHILIK ILMIY TADQIQOT INSTITUT UCHTA INNOVATSION LOYIHA G`OLIBLARI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi (BMT TD) hamkorligidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi tomonidan JDITI ilmiy xodimlari taqdim etgan innovatsion loyihalar ham maxsus moliyaviy grant sertifikatlariga ega chiqdi. Eslatib o`tamiz, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan ushbu tanlov doirasida 201 ta ariza qabul qilingan, shundan 19 tasi ekspertlar tomonidan istiqbolli deb topilgan innovatsion loyihalar mazkur sertifikatga loyiq ko`rildi. Quvonarli jihati shundaki, tanlovda JDITI ilmiy jamoasi munosib ishtirok etib, bir yo`la 3 ta ilmiy loyiha doirasida jami 1,3 ml.d so`mlik sertifikatni qo`lga kiritdi.