Nav mualliflari A.Amanov, Z.Ziyadullaev, Z.Xaliqulov, R.Sharma, O.Amanov S.Aliqulov, Z.Ziyaev, Sh.Amanov, nav Erythrospermim tur xiliga mansub, biologik duvarak, yumshoq bug‘doy, o‘suv davri 205-210 kun, o‘simlik bo‘yi 95-100 sm, 1000 ta don vazni 41-43 gramm, dondagi oqsil miqdori 14,7%, kleykovina miqdori 28,8%, hosildorligi 80-85 s/ga.
Nav qurg‘oqchilikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga, sariq zang kasalligiga chidamli. Ekish me’yori 4,0-4,5 mln. dona, ekish muddati xudud uchun tanlangan optimal muddat. Respublikaning Farg‘ona vodiysi va markaziy viloyatlarida ekish uchun 2017 yildan Davlat reestriga kiritilgan.