“TURKISTON” NAVI
Nav mualliflari A A.Amanov, O.Abdullayev, Z.Ziyadullayev, nav Erythrospermim tur xiliga mansub, biologik kuzgi, yumshoq bug‘doy, o‘suv davri 210-215 kun, o‘simlik bo‘yi 90-100 sm, 1000 ta don vazni 41-43 gramm, dondagi oqsil miqdori 14,2%, kleykovina miqdori 29,5%, hosildorligi 75-80 s/ga. Nav sovuqqa, qurg‘oqchilikka, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli, sariq zang kasalligiga o‘rtacha chidamli. Ekish meyori 4,0-4,5 mln. dona, ekish muddati xudud uchun tanlangan optimal muddat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari uchun 2010 yildan Davlat reyestriga kiritilgan.