Yer haydash – bu tuproqqa maxsus usulda ishlov berishdir. Kuz mavsumida tuproqqa ishlov berish – muhim agrotexnik tadbir. Yerni ekin mavsumiga sifatli tayyorlash ekinlar hosildorliginioshirishda muhim omil sanaladi.
📌Ayni kunlarda kuzgi ekinlarni ekish maqsadida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining markaziy dala maydonida yer tayyorlash ishlari qizg’in kechmoqda.
Bunda yer maydoni lazer usulida tekislangandan so’ng kuzgi ekin ekish ishlari olib boriladi.
Kuzgi yer haydalishi begona o‘tlar ildizlari va yer ostida yashovchi bakteriyalar hamda zararkunandalarni yuzaga chiqarib, sovuqda nobud bo’lishiga ham yordam beradi.