Xalqaro Kartoshkachilik markazi (CIP) Peru davlatida joylashgan bosh ofisidan keltirilgan kartoshkaning yangi ikkita klon namunalari ya’ni in vitro o’simliklari Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti issiqxonasida maxsus substratga minituganaklar olish maqsadida ekildi.
Ushbu klonlar kelgusida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan kartoshkaning yangi navlarini yaratish uchun muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Mazkur tajriba CIP bilan hamkorlikda «Markaziy va G’arbiy Osiyo va Shimoliy Afrikadagi zaiflikdan chidamlilikgacha» (F2R-CWANA) tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.