Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Toshkent, Farg’ona va Qashqadaryo viloyatlarida qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va uning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimga ega innovatsion loyihalarni amalga oshiruvchi 18 ta innovatsion guruhlar faoliyati amalga oshirilmoqda.
EU-AGRIN loyihasi doirasida O’zbekistonda qishloq-oziq-ovqat sektoridagi innovatsion tizimini yanada mustahkamlash, sohani isloh qilishga qaratilgan “Tahliliy hujjat” (Policy Brief) ishlab chiqish uchun Civitta kompaniyasi jalb etildi.
Mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan “Tahliliy hujjat” (Policy Brief) quyidagi uchta muhim sohalarga qaratiladi:
1) Intellektual mulk huquqlari (yangi urug‘lar va o‘simliklar navlari, yangi texnologiya);
2) Qishloq – oziq-ovqat korxonalarining energiya bozorlariga kirishi;
3) Iqlimga moslashtirilgan, aqlli qishloq xo‘jaligini tartibga solish va moliyaviy rag‘batlantirish.
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha Civitta ekspertlari qishloq xo’jaligi mutaxassislarining fikri va takliflarini inobatga olish maqsadida Toshkent, Farg’ona va Qashqadaryo viloyatlaridagi muloqotlar o’tkazdi, yechimini kutayotgan dolzard muammolar va to’siqlarni tahlil qilishga kirishdi.
Bugungi seminarda agro-oziq-ovqat qiymat zanjiri ishtirokchilari dush kelayotgan to’siqlar va mavjud muammolarni aniqlash va ulerning yechimini tahlil qilish, mentimetr tizimida turli yashirin ovoz berish orqali, muammolarni muhokama qilish, yangi imkoniyatlarni aniqlash rejalashtirilgan. Seminarda Yevropa Ittifoqi va Jahon bo’ylab qishloq xo’jaligidagi muvaffaqiyatli tajribalar va yondashuvlar taqdimoti o’tkaziladi.