Tashrif doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish” (EU-AGRIN) loyihasi doirasida tashkil etilgan “Bahorgi bug’doy” innovatsion guruhi faoliyati bilan tanishib, zamonaviy urug’chilik va iqlim o’zgarishiga moslashtirilgan qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlar o’tkazishdi. Tadbirga yig’ilgan ilmiy xodimlar va fermerlar bilan Innovatsion Guruhlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va yechimlar muhokama qilindi.