Bugun Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyon rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo`ldi.

Tashrif davomida agentlik rahbari institut ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda tashkil etilgan fitotron va o`simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik va agrokimyoviy hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan ilmiy tajribalar, in-vitro usulda yo`lga qo`yilgan innovatsion ishlanmalar bilan qiziqdi.

Shuningdek, institut seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan navlar hamda noananaviy ekinlar ustida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar bo`yicha ham batafsil ma`lumotlar berildi.

Uchrashuv so`ngida Innovatsion rivojlanish agentligi ilmiy muassasa bilan hamkorlik asosida yangi innovatsion loyihalar ustida ish olib borishga kelishib olindi.