Musaffo navi o‘rtapishar bo‘lib, 208-210 kunda pishib yetiladi, o‘rta bo‘yli (100–104 sm), yotib qolishga chidamli.
Biologik kuzgi. Melyanopus tur xiliga mansub. Sovuqqa chidamliligi o‘rtacha, qurg‘oqchilikka chidamli, sariq va qo‘ng‘ir zang kasalligi bilan kasalligiga o‘ta chidamli.Chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli. 1000 dona don vazni 41-43 gr.
Don xajm og‘irligi 826,3 g/l
Dondagi oqsil miqdori 15,4%
Dondagi kleykovina miqdori 27,4%
Yuqori agrotexnika sharoitida gektaridan o‘rtacha hosildorligi 69,5-70,2 sentnerni tashkil etadi.
Ekish me’yori: Urug‘ gektariga 4,0-4,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida. G‘o‘za qatoriga ekilganda urug‘ me’yorni 10-15 foiz oshirish kerak.
Sug‘orish: Nav suvsizlikka chidamli bo‘lib, o‘suv davrida 3-4 martagacha sug‘orish maqsadga muvofiq.
Oziqlantirish me’yori: Respublikada tavsiya etilgan oziqlantirish me’yori asosida tavsiya etiladi.
Nav mualliflari: O.Amanov, D.Juraev, A.Meyliev, Sh.Dilmurodov, Z.Bolqiev