«YUKSALISH» NAVI
«YUKSALISH» NAVI

«YUKSALISH» NAVI

Yuksalish navi o‘rtapishar nav bo‘lib, 208-211 kunda pishib yetiladi. O‘simlik o‘rta bo‘yli (105-109 sm), yotib qolishga chidamli. Triticum aestivum L. tur xiliga mansub. Sovuqqa chidamlilik darajasi yuqori, qurg‘oqchilikka chidamli, sariq zang kasalligiga chidamli. Chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli.

1000 dona don vazni 39,7-42,8 gr.

Don xajm og‘irligi 784 g/r

Dondagi oqsil miqdori 13,8%

Dondagi  kleykovina miqdori 29,6%

Yuqori agrotexnika sharoitida o‘rtacha hosildorligi 8,6 tonna, ishlab chiqarishda 6,8-7,6 tonnani tashkil etdi.

Ekish me’yori: Urug‘ gektariga 3,0mln. dona unuvchan urug‘ hisobida. G‘o‘za qatoriga ekilganda urug‘ me’yorni 10-15 foiz oshirish kerak.

Sug‘orish: Nav suvsizlikka chidamli bo‘lib, o‘suv davrida 3-4 martagacha sug‘orish maqsadga muvofiq.

Ekish muddati: Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish tavsiya etilgan.

Oziqlantirish me’yori: Tavsiya etilgan oziqlantirish me’yori asosida oziqlantirish (sof holda N-180, P-90, K-60 kg/ga) tavsiya etiladi.

Nav mualliflari: A.Amanov, O.Amanov, D.Jo‘raev, A.Meyliev, Sh.Dilmurodov, N.Boysunov