Shukrona navi o‘rtapishar bo‘lib, 203-214 kunda pishib yetiladi, o‘rta bo‘yli (101-105 sm), yotib qolishga chidamli. Biologik kuzgi. Erythrospermim tur xiliga mansub. Sovuqqa va issiqlikka chidamli. Sariq va qo‘ng‘ir zang kasalligiga o‘rtacha bardoshli. Chang va qattiq qorakuya kasalliklariga chidamli.
1000 dona don vazni 36,5-45,3 gr.
Don xajm og‘irligi 785 g/l
Dondagi oqsil miqdori 13,9%
Dondagi kleykovina miqdori 30,1%
Yuqori agrotexnika sharoitida gektaridan o‘rtacha hosildorligi 70 –80 sentnerni tashkil etadi.
Ekish me’yori: Urug‘ gektariga 5,0-5,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida. G‘o‘za qator oralariga ekilganda urug‘ ekish me’yorini 10-15 foizga oshirish kerak.
Sug‘orish: Nav suvsizlikka chidamli bo‘lib, o‘suv davrida 3 martagacha sug‘orish maqsadga muvofiq.
Ekish muddati: Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish tavsiya etilgan.
Oziqlantirish me’yori: Tavsiya etilgan oziqlantirish me’yori asosida oziqlantirish (sof holda N-180, P-90, K-60 kg/ga) tavsiya etiladi.
Nav mualliflari: A.Amanov, Z.Ziyadullaev, O.Amanov, R.Sharma, D.Jo‘raev, A.Meyliev, Sh.Dilmurodov, Sh.Amanovlar