Yangi loyihalarga start berildi
Yangi loyihalarga start berildi

Yangi loyihalarga start berildi

Evropa Ittifoqi delegatsiyasi va BMT taraqqiyot dasturi vakillari Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya vakillari institut ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, institut yosh olimlari bilan samimiy muloqot qilishdi.

Tadbir davomida delegatsiya ishtirokida yangi makaron sexi ishga tushirildi. Bu tashabbus Qashqadaryo iqlimiga mos bugʻdoy navini ommalashtirish, arzon narhlardagi mahalliy makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishi bilan birga mahalliy aholi uchun yangi ish oʻrinlarni ham yaratdi. Bu loyihalar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan EUAGRIN loyihasi doirasida amalga oshirildi. Unda so’z olgan Oʻzbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining Hamkorlik Boshqarmasi rahbarii Vim Ripma, BMTTDning doimiy vakili o’rinbosari Anas Qarman kelgusida Istiqbolli loyihalar asosida institut bilan hamkorlikni kengaytirish, o’zaro tajriba almashishni alohida ta’kidlab o’tdi.