Tashrif chog`ida ICARDA bosh direktori institutning ilmiy faoliyati, uning negizida tashkil etilgan laboratoriyalar va bu yerda amalga oshirilayotgan ilmiy tajribalar, yosh olimlar tomonidan yaratilgan nav va namunalar haqida yaqindan tanishdi. Institut majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda xalqaro tashkilotning dasturlar bo`yicha direktori B. Rishkovskiyning «ICARDA strategiyasi -2030″mavzusidagi ma`ruzasi tinglandi. Unda tashkilotning yurtimizdagi mintaqaviy kordinator o`rinbosari, menejer vakillari, institut xodimlari, AKIS markazi xodimlari hamda dehqon-fermerlar ishtirok etdi. – Ma`limki, JDITI bilan har tomonlama Xalqaro ICARDA tashkiloti samarali ilmiy-hamkorlik o`rnatib, bir qancha amaliy loyihalar doirasida tajriba almashib kelmoqda, – deydi Barbara Rishkovskiy o`z nutqida. – Bizning asosiy maqsadimiz tashkilot tizimidagi markazlarni o`zaro integratsiya qilish, ilm-fan yutuqlari bilan tajriba almashish, kadrlar salohiyatini oshirish, agrar sohadagi dolzabr muammoli masalalarga ijobiy yechim topish, iqlim o`zgarishiga chidamli navlar yaratish, qirg`oqchil va issiqqa bardoshli donli va dukkakli ekinlar ustida ilmiy tadqiqotlar o`tkazish, ekotizimni barqarorlashtirish borasida keng ko`lamli ezgu maqsadli ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Shuningdek, tadbir so`nggida institut ma`muriyati tomonidan ICARDA vakillariga esdalik sovg`lari ham topshirildi.