KUZGI QATTIQ BUGʻDOYNING “ZILOL” NAVI
KUZGI QATTIQ BUGʻDOYNING “ZILOL” NAVI

KUZGI QATTIQ BUGʻDOYNING “ZILOL” NAVI

Nav oʻrtapishar boʻlib, 200-206 kunda pishib yetiladi. Oʻrta boʻyli (100-105 sm), yotib qolishga chidamli. Biologik duvarak. Melyanopus tur xiliga mansub. Sovuqqa chidamliligi oʻrtacha. Qurgʻoqchilikka chidamli, sariq va qoʻngʻir zang, chang va qattiq qorakuya kasalliklariga o’ta bardoshli. 1000 ta don vazni 42-44 g. Ekish: Sugʻoriladigan yerlarida kuzgi va bahorgi muddatda ekish tavsiya etilgan. Ekish me’yori gektariga 5 mln. dona, togʻ oldi hududlari uchun 4.0 mln unuvchan urugʻ hisobida belgilanadi. Oziqlantirish: Sug’oriladigan maydonlarida sof holdagi N180 K60 kg/ga me’yorida oziqlantirish tavsiya etiladi. Sugʻorish: Nav suvsizlikka chidamli boʻlib, oʻsuv davrida 3-martagacha sugʻorish maqsadga muvofiq. Joriy qilingan manzil va maydon: Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax va Namangan viloyatlarida ekib kelinmoqda. Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan.