O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 -yil 20- yanvardagi «Zakovat» intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Zakovat o’yini o’kazildi.
Bilimdonlar bahsining birinchi bosqichida 4 ta guruh: «Yosh olimlar», «Everest», «Shijoatchilar», «Yuksalish» jamoalari ishtirok etdi. Qizg’in bahs-munozaralarga boy bo’lgan bellashuvda kuchli jamoa ishtirokchilari aniqlanib, «Everest» (5), «Shijoatchilar» (3) yuqori ballni qo’lga kiritgan holda final bosqichiga o’tishdi.