“G‘ALLAKOR” NAVI
“G‘ALLAKOR” NAVI

“G‘ALLAKOR” NAVI

Yumshoq bug‘doy navi Erythrospermim tur xiliga mansub, biologik kuzgi, o‘suv davri 200-205 kun, o‘simlik bo‘yi 105-110 sm, 1000 ta don vazni 43-45 gramm, dondagi oqsil miqdori 15,1%, kleykovina miqdori 30,5%, hosildorligi lalmikor maydonlarda 28-30 s/ga. Navning sovuqqa chidamliligi o‘rtacha, qurg‘oqchilikka, zamburug‘li kasalliklariga chidamli. Ekish me’yori 2,0-2,5 mln. dona, ekish muddati oktabr oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunligi.