Dukkakli don ekinlari genetikasi va seleksiyasi laboratoriyasi tomonidan moshning 98 ta nav va namunalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ilmiy tajribalardan ko’zlangan asosiy maqsad janubiy mintaqa iqlim sharoitiga mos, issiqlik va qurg’oqchilikka chidamli, serhosil, oqsil miqdori yuqori bo’lgan boshlang’ich ashyo va yangi navlarni yaratishdan iborat.