Bugun Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida «Iqlim o`zgaruvchanligiga chidamli yem-xashak ekinlarini sinovdan o`tkazish va tanlash hamda urug`chiligini takomillashtirish bo`yicha O`zbekiston-Germaniya ekspertlar muloqoti dasturi» tomonidan navbatdagi o`quv-seminar o`tkazildi.

Loyiha rahbari Anton Van Engelen hamda Gollandiyaning agrar sohada faoliyat yuritib kelayotgan «BARENBRUG» kompaniyasi direktori Aleksandr Sharigin ishtirokida tashkil etilgan mazkur tadbirda agrar soha vakillari, fermer xo`jaliklari rahbarlari faol ishtirok etishdi. Xorijiy mutaxassislar seminar davomida ishtirokchilarga ozuqa ekinlari yetishtirishda jahon tajribalari bilan ortoqlashdilar. Ayniqsa, chorvador fermer uchun dolzarb masalalar xususida alohida to``xtalib, yangi ozuqabop ekin turi (Hunnigreen va Nudan ekish meyori, urug`sarfi hamda yetishtirish texnologiyasi) va undan chorva uchun yuqori qiymatga ega ozuqa mahsulotlari olish borasida foydali ma`lumotlar slaydlar orqali batafsil tushuntirildi.