DURAGAYLASH NATIJASIDA LOVIYANING MAHALLIY NAVLARI YARATILADI
DURAGAYLASH NATIJASIDA LOVIYANING MAHALLIY NAVLARI YARATILADI

DURAGAYLASH NATIJASIDA LOVIYANING MAHALLIY NAVLARI YARATILADI

Hamkorlikda amalga oshirilgan Phaseolus vulgaris L. turiga mansub mahalliy va xorijiy loviya navlarini o’zaro chatishtirish natijasida olingan, irsiy jihatdan boyitilgan F2 duragay namunalari ichidan tanlab olingan rekombinant shakllari istiqbolli seleksion manba sifatida Chirchiq davlat pedogogika universiteti tomonidan Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutiga yangi navlar yaratish bo’yicha taqdim etildi.
Natijada ushbu yuqori ko’rsatkichli F2 duragay rekombinant shakllari institutning «Dukkakli va moyli ekinlar seleksiya laboratoriyasi» genofondini boyitish bilan bir qatorda, Respublikamiz qishloq xo’jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi uchun ustuvor yo’nalishidagi ilmiy tadqiqotlarda boshlang’ich ashyo sifatida, jalb qilindi.