Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida g‘alla o‘rimiga kirishilmoqda. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan bug‘doyning issiqlik, qurg‘oqchilikka chidamli, don sifati va hosildorligi yuqori bo‘lgan “Yuksalish” navining o‘rim yig‘imi boshlandi. Natija ko‘ngildagidek. Hosildorlik gektariga o‘rtacha 85-90 sentnerni tashkil qildi.
Ushbu g‘alla maydoniga gektariga 170 kilogramm urug‘ ekilgan. Bunday natijaga erishish uchun esa agrotexnik tadbirlar davomida ekinga gektariga fizik holda 60 kg kaliy, 200 kg ammafos, 150 kg sulfat ammoniy, 200 kg karbamid, 150 kg ammiakli selitra berildi. Va bahorda 2 marta sug‘orish ishlari amalga oshirildi.