Ushbu tajriba maydonida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan g’allaning 40dan ortiq mahalliy navlarining aprobatsiyasi tashkil etilgan bo’lib, unda respublikamizning barcha hududlaridan klaster, dehqon va fermer xo’jaliklari vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar bug’doyda uchraydigan zang va sariq zang kasalligidan g’allani himoya qilish hamda kasallikka qarshi kurashish borasida savollar bilan olimlarga yuzlandi. Olimlar g’allaga kimyoviy ishlov berish rejasi haqida tavsiyalar berishdi.