Seleksioner olimlar qanday natijalarga erishmoqda?
Seleksioner olimlar qanday natijalarga erishmoqda?

Seleksioner olimlar qanday natijalarga erishmoqda?

Bugun Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qarshi tumanidagi tajriba maydonida bo’lib, bu yerda boshoqli ekinlar seleksiyasi ustida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar hamda ularning natijadorligi bilan qiziqdi.

Ahamiyatlisi, mazkur tajriba maydonida institut seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan yangi navlar parvarishlanmoqda.

Shuningdek, hudud tuproq -iqlimiga mos ekinlarni kopaytirish hamda maqbul agrotexnikasini ishlab chiqish borasida ham ilmiy tadqiqotlar tizimli yolga qoyilgan.