Qashqadaryo viloyatida amaliy tashrif bilan kelgan Xitoyning Anxoy provinsiyasi Xefey shahridagi «WINALL-HI-TECH SEED CO.LTD» kompaniyasi delegatsiyasi Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida bo’ldi.

Dastlab, delegatsiya a’zolari institut ilmiy faoliyati bilan tanishib, bu yerda tashkil etilgan laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy tajribalar bilan qiziqishdi, bu borada ilmiy xodimlar bilan samimiy muloqot qilishdi.
Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki, mazkur kompaniya agrar sohaga ixtisoslashgan bo’lib, urug’chilik yo’nalishida ikkinchi o’rin egallaydi.
Tashrif so’ngida, delegatsiyasi a’zolari bilan o’zaro  hamkorlikni yo’lga qo’yish borasida muzakara olib borildi, istiqbolli rejalar bo’yicha fikr almashildi.
Agrar sohada erishgan yutuqlar borasida tajriba almashish, zamonaviy loyihalar ustida birgalikda ishlash kabi bir qator masalalar bo’yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.