Dastlab, delegatsiya a’zolari institutning ilmiy faoliyati, laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan ilmiy tajribalar hamda innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, institut innovatsion guruhlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarni ham ko’zdan kechirishdi.
Xabaringiz bor, Qishloq xo’jaligi vazirligi bilan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida «Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sektorining «yashil iqtisodiyot»ga inklyuziv o’tishini qo’llab-quvvatlash va iqlimga yo’naltirilgan qishloq xo`jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish» (EU-AGRIN) loyihasi doirasida institutning 3 ta innovatsion loyihasi istiqbolli deb, topilgan edi.